Imkoniyati cheklangan bolalar uchun quvonch ulashildi

0
1853

3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, yurtimizda ham ushbu sana munosabati bilan qator xayriya tadirlarini o‘tkazish belgilangan. 

Ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun bilan nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashning asosiy tamoyillar belgilab berilgan. Mudofaa vazirligi tomonidan esa mazkur yoʻnalishda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent harbiy okrugi tomonidan kuni kecha imkoniyati cheklangan bolalarning holidan xabar olish, ular bilan hamsuhbat boʻlish, ularni qiynayotgan muammolarni yechish uchun amaliy koʻmak berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘tkazildi.

Unda Toshkent harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfutdinov, Mirobod tumanidagi 57-umumtaʼlim maktab oʻquvchilari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. 

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati