Davlat boshqaruv organlari rahbarlari ishtirokidagi yig‘inlar yakunlandi

0
3626
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy poligonlarda bir necha kun davomida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘in tashkil etildi.

Yig‘in davomida davlat boshqaruvi organlari rahbarlari jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat boʻyicha tahliliy maʼlumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-maʼmuriy sektorlarning faoliyati va ahamiyati bilan tanishtirilib, harbiy aloqa, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, harbiy texnik-sport bellashuvlari hamda harbiy qurollardan foydalanish tayyorgarligidan oʻtdi.

Shuningdek, yigʻin davomida ishtirokchilarga jangovar va zirhli texnikalarning boshqarilishi, ekipajlar joylashuvi, ulardagi qoʻllaniladigan qurol va qurilmalarni ishlatish haqida batafsil tushuncha va koʻnikmalar berildi. Kundalik mashgʻulotlardan soʻng madaniy koʻngilochar tadbirlar uyushtirildi.

Doʻstona sport bellashuvlari, jangovar qurollardan otish musobaqalari oʻtkazilishi yigʻinning harbiy-vatanparvarlik ruhida oʻtishini taʼminladi. Bir necha kun milliy armiya havosidan nafas olgan davlat boshqaruvi organlari rahbarlari mamlakatimiz mudofaa qudratini oʻz tanalarida his etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Bugun harbiy okruglar boshqaruv apparatlarida mazkur yig‘inlar yakunlanishi munosabati bilan tantanali marosimlar o‘tkazilib, unda faol ishtirok etgan mas’ullar taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug