“Eng ilgʻor oliy harbiy taʼlim muassasasi” koʻrik-tanlovi davom etmoqda

0
1449

“Eng ilgʻor oliy harbiy taʼlim muassasasi” koʻrik-tanlovida ishtirok etayotgan navbatdagi muassasa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boʻldi. U yerda mudofaa vazirining tegishli buyrugʻi bilan tayinlangan komissiya aʼzolari tarkibi harbiy taʼlim muassasasidagi professor-oʻqituvchilar va kursantlarning harbiy va kasbiy mahoratlarini sinovdan oʻtkazdi.

Koʻrik-tanlov nizomiga koʻra, doimiy tarkib va kursantlarning tayyorgarlik darajasi, oʻquv, uslubiy, ilmiy va ilmiy-tadqiqot hamda tarbiyaviy ishlar holati baholandi.

Oliy harbiy taʼlim muassasalarining barchasida mazkur koʻrik-tanlov oʻtib boʻlgandan soʻng ballar umumlashtiriladi hamda gʻolib muassasa aniqlanadi. Eng ilgʻor oliy harbiy taʼlim muassasasini taqdirlash Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda boʻlib oʻtadi. Gʻolib boʻlgan bilim yurti diplom va koʻchma kubok bilan taqdirlanadi.

Sherzod Sharipov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti