Navoiyda harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

0
1468

Navoiy garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilar tomonidan Navoiy shahridagi Yashlar markazida “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Festival dastlab harbiy orkestr sadolari ostida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi yurish marafonlari bilan boshlandi. Unda shahar hokimligi vakillari, harbiy xizmatchilari, faxriylar hamda shahar aholisi va yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan faxriylar mamlakatimizda yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani va nafaqat hududlarda, balki yurtimizning olis qishloqlarida ham ertamiz egalari ishtirokida tashkil etilayotgan festivallarini e’tirof etdi.

Shundan soʻng festival rejasiga asosan yurt himoyachilari tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmali qoʻl jangi va faxriy qorovulning saf chiqishlari barchaga birdek manzur boʻldi.

Harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar esa yig‘ilganlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi. Festival doirasida shahar aholisi uchun zamonaviy harbiy texnikalar va qurol yarogʻlar, “Vatanparvar” tashkilotining sport texnikalari namoyish etilib, harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqlari ham oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati