“Eng ilgʻor oʻquv markazi” ko‘rik-tanlovining g‘olibi aniqlandi

0
4233

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinIarida oʻtkaziIgan “Eng ilgʻor oʻquv markazi (baza)” koʻrik-tanlovining vazirlik bosqichi gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi.

Joriy yilning avgust—sentabr oylarida Mudofaa vazirligi miqyosida “Eng ilgʻor oʻquv markazi (baza)” koʻrik-tanlovi o‘tkazildi. Sogʻlom raqobat muhitida tashkil etilgan mazkur tanlovda ishtirokchilarning gʻalabaga boʻlgan intilishlari har bir shartda odilona baholab borildi.

Ko‘rik-tanlov davomida harbiy xizmatchilar quyidagi shartlar bo‘yicha baholandi:

  • O‘quv-tarbiyaviy jarayoni, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligini rejalashtirish va tashkil etish;
  • doimiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi;
  • ratsionalizatorlik ishlari holati.

Yakuniy natijalarga koʻra “Eng ilgʻor oʻquv markazi (baza)” koʻrik-tanlovida Togʻ tayyorgarligi oʻquv-mashgʻulot markazining “Saridala” oʻquv bazasi jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar I darajali diplom va qimmat baho sovgʻalar bilan taqdirlandi.