“Vatanparvar” tashkilotining innovatsion avtodromi foydalanishga topshirildi

0
1535

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qashqadaryo viloyat kengashi tasarrufidagi Shahrisabz avtomobil maktabi bazasida yangidan qurib bitkazilgan “Innovatsion avtodrom”ning tanatanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda tashkilotning markaziy va viloyat kengashlari rahbariyati, bir guruh faxriylar, taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari va oʻquvchi yoshlari ishtirok etdi.

Soʻz olganlar zamon talablariga mos ravishda barpo etilib, foydalanishga topshirilgan ushbu maskan barcha toifadagi haydovchilik kursida tahsil olayotgan fuqarolarning nazariy va amaliy koʻnikmalarini nazoratdan oʻtkazish va yanada mustahkamlash uchun xizmat qilishini ta’kidlab oʻtdilar. Shuningdek, tadbir davomida “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati va uning imkoniyatlari, tashkilotning yurtimiz ijtimoiy hayotida tutgan oʻrni hamda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida yigʻilganlarga ma’lumotlar berildi.

Endilikda ushbu muassasada nazariy va amaliy mashgʻulotlarni bir vaqtning oʻzida bajarish imkoniyati mavjud boʻladi. Tadbir davomida qatnashchilar e’tiboriga mashq avtomobillari va sport texnikalari koʻrgazmasi ham namoyish etildi. Albatta, sohaga qaratilayotgan bunday e’tibor kelgusida uning rivojiga xizmat qilishi shubhasiz. Yaratilayotgan imkoniyatlar esa yoshlarni malakali mataxassislar boʻlishida katta ahamiyatga ega.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati