Faxriylar yurtimizning tarixiy qadamjolarini ziyorat qildi

0
1610

Salkam 3000 yillik tarixga ega boʻlgan va hamisha navqiron Samarqandning qaysi bir goʻshasiga nazar solmang, ulkan yaratuvchilik va bunyodkorlik ishlariga koʻzingiz tushadi. Hududda saqlangan va xalqimiz tomonidan asrlar davomida eʼzozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va meʼmoriy obidalar insonga maʼnaviy ozuqa ulashadi.

Xususan, hukumatimizning “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan mamlaktimizda 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar “Keksalar turizmi oyligi” etib belgilangan. Shu boisdan, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tashabbusi bilan Jizzax, Samarqand hamda Navoiy garnizonlarida istiqomat qiluvchi faxriy, pensioner harbiy xizmatchilarning Samarqand shahri boʻylab sayohat qilishlari uchun imkon yaratildi.

Sayohat davomida shaharning qadimiy serjilo meʼmorchilik obidalari bilan tanishdilar. Koʻhna obidalarni ziyorat qilgach, faxriylar va yoshlar Samarqand tarixiga oid eksponatlarni ko‘zdan kechirdilar.

Kelgusida ushbu sayohat birgina Samarqand shahrida emas, balki respublikamizning turli diqqatga sazovor maskanlarida ham tashkillashtirish reja qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati