Samarqandda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

0
1209

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan boxabar qilish hamda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish istagini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda markaz boshligʻi, Faxriylar kengashi aʼzolari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari hamda taʼlim dargohlarining oʻqituvchilari va oʻquvchi yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlarning Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida va kichik mutaxassislarni tayyorlash haqida bergan maʼlumotlari yoshlar sharafli kasb egasi boʻlishga undagani bilan ahamiyatli boʻldi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtkazilgan uchrashuv davomida yoshlar oʻzlarining harbiy sohadagi qiziqtirgan savollariga batafsil maʼlumot olib, markaz qoʻmondonligining esdalik sovgʻlariga ega boʻlishdi.

Uchrashuvdan soʻng ertamiz egalari uchun harbiy xizmatchilar tomonidan turli jangovar sahna koʻrinishlar hamda harbiy orkestr jamoasining konsert dasturlari namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati