Mexanik-haydovchi mutaxassislarning malakasi mustahkamlandi

0
1875

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida zirhli texnikalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha mutaxassislarning koʻnikmalarini oshirish maqsadida 15 kunlik malaka oshirish oʻquv kursi boʻlib otdi.

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti oʻquv bazasida tashkil etilgan oʻquv kursida harbiy qismlardan tashrif buyurgan mexanik-haydovchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Unda texnikalardan foydalanishda kelib chiqadigan texnik nosozliklarni mexanik-haydovchilar tomonidan aniqlash va ularni bartaraf etish usul-uslublarini oʻrganish, tunda va kunduzi, ob-havoning turli sharoitida mexanik-haydovchilarning texnikalarni boshqarish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Mexanik-haydovchilar oʻquv jarayonlari davomida malakali oʻqituvchilar va ofitserlar tomonidan berilgan nazariy bilimlarni dala oʻquv maydonlarida hamda oʻquv moddiy bazalardan foydalangan holda amaliyotda sinovdan oʻtkazdi.

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida tizimli ravishda oʻtkazilib kelinayotgan bu kabi malaka oshirish oʻquv kurslari mutaxassis kadrlarning sohaga oid bilim va koʻnikmalarini yanda oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.