Axloqiy-ruhiy taʼminotni takomillashtirish yo‘lida

0
1652

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining professional tayyorgarligini yuqori darajada ushlab turish hamda zimmasiga yuklatilgan jangovar xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Favqulotda vaziyatlar vazirligining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibining axloqiy-ruhiy taʼminotini takomillashtirish yoʻllari” mavzusida uslubiy-amaliy oʻquv yigʻini oʻtkazildi.

Ikki kun davom etgan oʻquv yigʻiniga 130 dan ortiq tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari jalb etildi. Yigʻinning dastlabki kunida Jamoat xavfsizligi universitetining majlislar zalida mazkur yig‘inni o‘tkazishdan maqsad, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi, o‘zaro tarjiba almashildi.

Kunning ikkinchi qismida esa Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismlarga ekskursiya tashkil etildi. Tashrif davomida harbiy qismlarda yurt oʻgʻlonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. “Adiblar bogʻi”da harbiy xizmatchilar tomonidan buyuk sarkardalar, xalq qahramonlari, jadidchilar, yozuvchi va shoirlarni gavalantirgan sahna koʻrinishlar hamda harbiy tarix muzeylaridagi ekspozitsiyalar mehmonlarda ulkan taassurot qoldirdi.

Harbiy qism madaniyat markazida esa harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar barchaga birdek manzur boʻldi.

Oʻquv yigʻinining ikkinchi kuni Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi dala oʻquv maydonida davom etdi. Unda shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy taʼminotini tashkillashtirish, harbiy xizmatchilarning ruhiy barqarorligini shakllantirish, dala sharoitida madaniy hordiq va psixologik yengillashtirishga hamda Qurolli Kuchlarning boshqa kuch tuzilmalarida axloqiy-ruhiy taʼminotni tashkillashtirishning oʻziga xos xususiyatlari bilan oʻrtoqlashishga va ijobiy tajriba almashishga qaratildi.

Rejaga asosan, yigʻin ishtirokchilari dala maydonida tashkil etilgan oʻquv nuqtalar bilan yaqindan tanishib, oʻzlari psixologik trening va metodlarni amalda bajarib, “Ruhiy barqarorlikni shakllantirish yoʻlaklari”dan oʻtdilar.