Termizda “Vatanparvarlar” bogʻi foydalanishga topshirildi

0
3459

Termiz shahrida 3,8 gektar maydonda barpo etilgan, o‘ziga xos dizaynga ega bo‘lgan “Vatanparvarlar” harbiy-vatanparvarlik bogʻi foydalanishga topshirildi.

Harbiy-vatanparvarlik bogʻining tantanali ochilish marosimda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda polkovnik Poʻlatjon Sativaldiyev ishtirok etdi.

Bu yerda harbiy texnika va qurol-aslahalarni namoyish etish maydoni, harbiylashtirilgan toʻsiqlar yoʻlagi, yoshlarning jismonan sogʻlom boʻlishiga koʻmaklashadigan “Mardlar yoʻlagi”, “Workout” maydoni, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarishda halok boʻlgan harbiy xizmatchi xotirasiga bagʻishlab “Qahramonlar nomi barhayot” burchagi tashkil etilgan.

Maxsus bino ichida hunarmandlar markazi, “Paintball” maydonchasi, bolalar oʻyin maydonlari va attraksionlar, yoshlar kutubxonasi, oʻq otish tiri, Book-cafe, skalodrom, ot maneji, bouling markazi, jang maydonidagi blindajlar qad rostlagan.