“Andijon” dala o‘quv maydonida o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi

0
1918

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari “Andijon” dala o‘quv maydonida okrug qo‘shinlaridagi havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi.

Yig‘inda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlaridagi soha mutaxassislari hamda okrug hududidagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va hamkorlikdagi tuzilmalarda xizmat olib borayotgan havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari mutaxassislari ishtirok etdi. Mazkur o‘quv yig‘inida ko‘proq amaliy mashg‘ulotlarga urg‘u berildi.

Mashg‘ulotlarning nazariy qismi dala o‘quv maydoni o‘quv sinflarida o‘tkazilgan bo‘lsa, havo hujumidan mudofaa shaharchasidagi ko‘rgazmali mashg‘ulotlar mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga xizmat qildi. Amaliy mashg‘ulotlarda turli masofalarda belgilangan nishonlarni tezkor va yuqori aniqlikda yo‘q qilishga e’tibor qaratildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati