“Yangi nafas” xalqaro marafoni o‘tkazildi — fotoreportaj

0
1101

Bugun poytaxtimiz koʻchalari boʻylab Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Yangi nafas” xalqaro marafoni oʻtkazildi. Erta tongda boshlangan yugurish musobaqasida turli yoshdagi hamyurtlarimiz, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalaridan kelgan yengil atletika klubi vakillari, Rossiya, Hindiston davlatlarining mamlakatimizda taʼlim olayotgan talabalari va oʻttizga yaqin xorijiy davlatlar fuqarolari sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.

Yetti ming nafardan ortiq havaskor va professional yengil atletika ustalari 3000 hamda 10 000 metrlik masofani bosib oʻtdi. Yugurish bahslarida tegishli idoralar rahbarlari va raislari, vazir oʻrinbosarlari ham qatnagani alohida eʼtiborga molik. Musobaqa yakuniga koʻra Mudofaa vazirligi sharafini himoya qilgan besh nafar harbiy xizmatchi gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Harbiy xizmatchi ayollar oʻrtasida:

  • Marina Xmelevskaya (10 km, 1-oʻrin);
  • Maryamxon Tojiboyeva (10 km, 3-oʻrin);
  • Oʻgʻiloy Muzaffarova (3 km, 1-oʻrin);
  • Marjona Oqqoʻziyeva (3 km, 2-oʻrin).

Harbiy xizmatchi erkaklar oʻrtasida:

  • Hasan Mirsoatov (3 km, 1-o‘rin);
  • Otabek Toshpo‘latov (3 km 2-o‘rin).

Kursantlar o‘rtasida:

  • Asliddin Ravshanov — 10 km, 2-o‘rin;
  • Javohir Xoliqberdiyev — 3 km, 1-o‘rin.

Shuningdek, Ilhom Nazarov (3 km, 1-o‘rin), Oydinoy Ubaydullaxo‘jayeva (10 km 1-o‘rin) ham yuqori natijalar bilan shohsupaga ko‘tarildi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Mudofaa, Ichki ishlar Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, ishtirokchi shaharlarning hokimliklari, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda Yengil atletika federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Shuningdek, bu kabi marafonlar yurtimizning barcha viloyatlarida tashkil etildi va harbiy okrug mas’ullari hamda harbiy xizmatchilari unda faol ishtirok etdi.

Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi