Bayroq – hurlik timsoli, ezgulik ramzi

0
2028

Bugun yurtimizning barcha nuqtalarida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosib nishonlandi.

Jumladan, vodiy viloyatlarida ham mazkur bayram yuqori ko‘tarinkilik bilan tashkil etildi. Tadbirlarda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyatlar hokimliklari, yoshlar, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtiroki ta’minlandi.

Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi markaziy ko‘chalar bo‘ylab “Vatanparvar karvoni” yo‘lga chiqdi. Hamkor tashkilotlar vakillari bilan birga ulkan bayroqlarni ko‘targan holda harakatlangan harbiy xizmatchilar barchaning ko‘ngliga davlat ramzlariga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

“Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlarda davlat madhiyasi yangrab, uni barcha ishtirokchilar jo‘r bo‘lib birgalikda ijro etdilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati