Qozogʻiston harbiy delegatsiyasi Fargʻona “Temurbeklar maktabi”ga tashrif buyurdi

0
2072

Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Qozogʻiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mutaxassislaridan iborat harbiy delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolari taʼlim muassasasida milliy anʼanalarimizga mos tarzda tantanali kutib olindi.

Mehmonlar litsey faoliyati, oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Xususan, delegatsiya aʼzolari oʻquv sinflari va ularning jihozlanishini koʻzdan kechirib, oʻqituvchilar tomonidan oʻtilayotgan dars jarayonlarida bevosita ishtirok etishdi. Shuningdek, litseyda mavjud sport toʻgaraklari faoliyati va mashgʻulotlar jarayonini katta qiziqish bilan kuzatishdi.

Qozogʻiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mutaxassislari litseydagi amaliy mashgʻulot oʻtiladigan joylarda oʻquvchilarning jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari boʻyicha egallagan bilim va koʻnikmalarini amalda sinab koʻrishdi. Shu kuni oʻzaro tajriba va takliflar bilan almashish maqsadida mehmonlar va harbiy-akademik litsey oʻqituvchilari oʻrtasida davra suhbati ham tashkil qilindi.

Tashrifning badiiy qismida harbiy orkestr jamoasi tomonidan konsert dasturi hamda litsey oʻquvchilari tomonidan turli sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati