Faxriy qorovul shaxsiy tarkiblari ishtirokida musobaqa o‘tkazildi

0
2259

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatidagi kuch tuzilmalari boʻlinmalari oʻrtasida faxriy qorovul shaxsiy tarkibining musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqada 8 ta jamoa quyidagi 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdi:

  • 1-shart — faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqishi;
  • 2-shart — faxriy qorovulning tantanali oʻtishi;
  • 3-shart — faxriy qorovulning saf qoʻshigʻi.

Qiziqarli va bahs-munozaralarga boy oʻtgan ushbu musobaqa hakamlar hayʼati tomonidan oqilona baholab borildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 3-oʻrin Milliy gvardiya tasarrufidagi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasiga, 2-oʻrin Toshkent harbiy okrugi jamoasiga nasib etdi. Faxrli 1-oʻrinni esa Milliy gvardiya jamoasi qoʻlga kiritdi.

Bunday musobaqalarni oʻtkazishdan maqsad davlatimiz bayrogʻini milliy gʻururimiz sifatida koʻklarga baralla koʻtarish va jahon arenalarida oʻz mavqeyi hamda oʻrniga ega boʻlishidir.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati