Mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini oshirish, harbiy qism va muassasalarda “Ustoz-shogird” anʻanalarini davom ettirish, yurtimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarida faol va ulkan tajribaga ega boʻlgan keksa avlod vakillarining oʻrni beqiyosdir. Shu bois ular ishtirokida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Uch avlod uchrashuvlari”, eʻzoz va ehtorm tadbirlari tizimli ravishda oʻtkazilib kelinmoqda.
Ana shunday ezgu tadbirlardan biri Navoiy shahrida joylashgan harbiy qism tashabbusi bilan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida diqqatga sazovor joylarga sayohatlar va maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi. Tadbirlarda Navoiy viloyati Faxriylar kengashi aʻzolari, viloyat harbiy prokuratura va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Kunning birinchi qismida Nurota tumanida joyashgan ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga sayohatlar uyushtirildi. Keyin esa tumanda joylashgan Nurota “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyida davolanayotganlar holidan xabar olindi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan faxriy qorovul va koʻrgazmali qoʻl jangi chiqishlari namoyish etildi, harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlarga bo‘lsa barchaga birdek manzur boʻldi.