Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi

0
1347

Respublikamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisining 2023-yil 12-noyabrdagi bayoniga muvofiq 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi belgilandi.

Xalq xo‘jaligi maskanlari va aholi turar joylarini yong‘in xavfsizligi talablariga mos holga keltirish, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarini hamda fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasidagi mas’uliyatlarini oshirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar va yong‘inlarning oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot va tushintirish ishlarini olib borish “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da eng asosiy vazifalaridan deb, belgilangan.

Hozirgi  kunda Mudofaa vazirligi tizimidaham yong’in xavfsizligi sohasiga berilayotgan ulkan e’tibor bilan birga yaratilgan sharoitlar zamonaviy turdagi Yong’in o’chirish avtomobil texnikalari hamda anjomlari shu bilan birga bino va inshootlarni yong’in xavfsizligi tizimlari bilan jihozlangaligini taqqoslash, yurtimizdagi keng qamrovli islohotlar va yangilanishlar samarasini yana bir bor chuqur his etish mumkin. Biroq bu imkoniyatlar kelgusida yong‘in va ko‘ngilsiz holatlar bizda yuz bermarmasligiga kafil bo‘la olmaydi.

Birgina misol, joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra respublikamizda 8293 ta yong‘in sodir bo‘lgan va buning oqibatida 56 nafar fuqaro halok bo‘lgan hamda 135 nafar fuqarolar turli darajada tan jarohati olgan.

Olov — inson ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. U uy-ro‘zg‘orni isitib, taomlarni pishiradi, insonning boshqa talablari uchun zarur vosita. Biroq olovdan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Ozgina ehtiyotsizlik ko‘plab noxushliklarga sabab bo‘lishi, moddiy boylik va mulklarni kulga aylantirishi, eng xavflisi — inson hayotini xatarga qo‘yishi mumkin.

Kuz-qish mavsumida, ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida konditsionerlar va turli xildagi dekorativ kaminlar pechlari hamda yoz bo‘yi foydalanilmasdan turli karroziyaga uchragan elektr isitish moslamalari ayniqsa gazdan foydalanishga boʻlgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida koʻngilsiz xodisalar va yong‘inlar sodir boʻlishi mumkin.

MAZKUR HODISALARNING OLDINI OLISH MAQSADIDA “YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI”DA QUYIDAGILARGA QATTIQ RIOYA QILING:

  • Elektr-gaz uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish zarur;
  • Isitish mavsumi boshlanishidan oldin pechlar, qozonlar, issiqlik hosil qiluvchi elektr-gaz uskunalar hamda boshqa isitish anjomlari va tizimlari tekshirilgan va ta’mirlangan bo‘lishi kerak. Nosoz isitish pechlari, qozonxona jihozlari, issiqlik hosil qiluvchi qurilmalar va boshqa isitish anjomlaridan foydalanish taqiqlanadi;
  • Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar barcha shaxsiy tarkib har kuni — komandir yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan ertalabki tarqatuvda, bundan tashqari har oyida – yong‘in xavfsizligi yo‘l-yo‘riqlarni ro‘yxatga olish jurnaliga imzo qo‘yilib hamda mart, oktabr oylarida-harbiy shaharchalarda istiqomat qiluvchilar bilan yong‘in xavfsizligi yo‘l-yo‘riqlarni ro‘yxatga olish jurnaliga imzo qo‘yish orqali o‘tkazilgan bo‘lishi, isitish pechlari va gaz moslamalaridan foydalanish qoidalari, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarni is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlarni oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini mobaynida mavzuga oid eslatma, yo‘riqnoma va plakatlar tarqatilishi lozim.

Hurmatli hamyurtlar 2023-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar ushbu tadbbirlarda faol etishingizni so‘raymiz.

Mudofaa vazirligi Yong‘in xavfsizligi xizmati