Jizzaxda “Eng ilg‘or divizion” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

0
1814

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda “Eng ilg‘or dvizion” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida divizion batareyalarining jangovar tayyorgarlik darajasini va boʻlinmalarning hamjihatliligini yanada mustahkamlash, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.

Ko‘rik tanlov, divizion shaxsiy tarkibi bilan saf koʻrigini oʻtkazish bilan boshlanib, ularning yuk qoplari, komandirlik sumkalari va harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari tekshirildi hamda saf tayyorgarligi usullari sinovdan oʻtkazildi.

Shundan soʻng, boʻlinmalarning qurol-aslahalari va texnikalarining holati va saqlanishi, oʻquv-moddiy bazalari hamda divizion shtabining jangovar vazifalar boʻyicha ishlab chiqilgan hujjatlar tekshirildi.

Tasdiqlangan rejaga asosan harbiy xizmatchilar shu kunga qadar oʻzida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va kuch sifatlari boʻyicha meʼyorlarni topshirdi.

Shu bilan birga, bo‘linmalar harbiy qism va “Forish” tog‘ poligonida maʼnaviy-maʼrifiy, taktik, taktik-maxsus, otish, jangovar va avtomobil texnikalarini boshqarish, texnik tayyorgarligi, jangovar va ruhiy tayyorgarlikni oshirish kompleks mashgʻuloti hamda boʻlinmaga tegishli boʻlgan meʼyorlarni bajardilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati