Toshkentdagi harbiy qismda “Serjantlar forumi” boʻlib oʻtdi

0
1824

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismda Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligining barcha harbiy qismlaridan kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibidan iborat harbiy xizmatchilar ishtirokida “Serjantlar forumi” boʻlib oʻtdi.

Dastlar forum ishtirokchilari qoʻmondonlikda yaratilgan shart-sharoitlar, yaʼni “Adiblar boʻgʻi”, harbiy tarix va “Yangi Oʻzbekiston” muzeylari bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv jarayonida harbiy xizmatchilar tomonidan millat oydinlari va buyuk maʼrifatparvarlarning hayotini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari barchada katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar uchun kitob yarmarkalari va savdolari ham tashkil etildi.

Forumning tantanali ochilish marosimi harbiy qism madaniyat markazida davom etdi. Mudofaa vazirligi masʼullari, davlat va jamoatchilik vakillari ishtok etgan tadbirda dastlab forumga bag‘ishlangan maxsus videorolik namoyish etildi. Shundan soʻng, fan va taʼlim, sport sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning farzandlari qoʻmondonlikning tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Forumning navbatdagi kunida esa Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, poytaxtda joylashgan nufuzli oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, mutaxassis ofitserlari tomonidan mashgʻulotlar va treninglar oʻtkazildi. Harbiy qismlardan tashrif buyurgan oddiy askar va serjantlar tarkibidan iborat harbiy xizmatchilarning faoliyati tahlil qilinib, istiqbolda amalga oshirilishi zarur boʻlgan rejalarga takliflar tinglandi.