Jamiyat rivojiga putur yetkazuvchi illat

0
477

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish – qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim sifatlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda harbiy xizmatchilarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi shaxsiy tarkibi bilan “Korrupsiya va firibgarlik jinoyatlari –jamiyat rivojiga putur yetkazuvchi illat” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya podpolkovnigi Sherzod Hayitov qatnashib, harbiy xizmatchilarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’ruza qildi.
Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart. Bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarurligi ta‘kidlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti