“Yashil makon” qamrovi kengayib bormoqda

0
2079

Bugungi jahon hamjamiyati tomonidan global ekologik muammolarga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishga erishish yoʻlida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi ana shunday ezgu qadriyatlarimiz davomiyligini taʼminlash va barqaror rivojlanishga erishishda muhim omil boʻlmoqda.

Shu kabi maqsadlar yoʻlida Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan harbiy qismga qarashli hududlar va harbiy shaharcha hududlariga belgilangan reja asosida hafta davomida jami 800 donaga yaqin mevali va manzarali koʻchatlar ekish tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Loyiha doirasida yoʻl va ariq boʻylarini tozalash, boʻsh turgan joylarni koʻkalamzorlashtirish, yangi bogʻlar yaratish hamda yashil hududlarni kengaytirish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.

Shuningdek, bugun, 12-noyabr kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparati harbiy xizmatchilari Toshkent viloyatida joylashgan “Krasnogorsk” aholi yashash punktining vazirlik uchun ajratilgan hududiga ko‘chat ekdi. Ob-havo sharoiti va mahalliy hudud iqlimidan kelib chiqib, ko‘p suv talab etmaydigan va tez unadigan minglab ko‘chatlar bugunning o‘zida yerga o‘tqazildi. Ta’kidlash kerakki, ekilgan har bir ko‘chat nazorat ostida bo‘lib, ularning barchasi tomchilab sug‘orish texnologiyasi ostida suv bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan harbiy qism hududiga ko‘chatlar ekildi.