Qo‘mondon Toshkent viloyati yoshlari bilan onlayn muloqot qildi

0
1648

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni Toshkent viloyatining 22 ta tumanidagi yoshlar bilan onlayn tarzda muloqot qildi. Tuman yoshlari bunday imkoniyatdan unumli foydalangan holda o‘z taklif va g‘oyalarini o‘ptaga tashladi. Ayniqsa, ko‘plab tumanlarning tashabbuskor yoshlari o‘z hududlarida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar sonini ko‘paytirish taklifini bildirdi.

Barcha takliflar qo‘mondon tomonidan ijobiy qabul qilinib, shu yerning o‘zida mas’ullarga tegishli vazifalar qo‘yildi. Ushrashuvda okrug qo‘shinlar qo‘mondoni viloyat yoshlarini xursand qiladigan yana bir muhim yangilikni aytib o‘tdi. Ya’ni tumanlarda “Qo‘mondon kutubxonalari” qurilishi va uning faoliyati doimiy ravishda rivojlantirib boriladi. Albatta, kitob inson uchun beminnat do‘st. Bu yangilik yoshlar tomonidan juda iliq kutib olindi va o‘zlari ham bu ezgu va xayrli ishga bosh qo‘shishlarini ta’kidladi.

Bir so‘z bilan aytganda, qo‘mondon va yoshlar o‘rtasidagi bu galgi suhbat ancha sermazmun va foydali bo‘ldi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati