Harbiy xizmatchilar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda

0
3129

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida harbiy xizmatchilarning xizmat sharoitini yaxshilash, jangovar xizmatni oʻtash uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shunday islohotlar oʻlaroq, Mudofaa vazirligiga qarashli Farg‘ona shahrida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar jangovar xizmatini oʻtashi uchun barcha zamon talablari asosida jihozlangan “Qorovulxona” va “Qorovullar shaharchasi” foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qoʻmondonligi, Farg’ona viloyati hokimligi, sanoat energetika guruhi, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar, bugungi kunda harbiy qismlarning infratuzilmasi va qiyofasi tubdan oʻzgarganini eʻtirof etib, bularning barchasi  oqilona siyosatning natijasi ekanini bildirdilar.

Shundan soʻng mehmonlar harbiy shaharcha va foydalanishga topshirilgan obyektlar bilan yaqindan tanishtirilib, ularning oʻziga xos xususiyatlari haqida maʻlumotlar berildi.