Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida “Kursantlar bogʻi” tashkil etildi

0
2148

Ekologik muammolar koʻplab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurdi. Bu esa butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrash, unga ijobiy taʼsir koʻrsatishga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yoʻnalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilyapti.

Mazkur loyiha asosida har yili yurtimizda ona yer bagʻriga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlari ekish maqsad qilingan. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi umummilliy harakatga aylanib, hozirgi kunda oʻziga xos qadriyat sifatida namoyon boʻlayotganini kuzatyapmiz. Albatta, milliy armiyamiz bu kabi ezgu va xayrli tashabbuslarga hamisha oʻz hissasini qoʻshib kelgan.

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bilim yurti rahbariyati, Chiqchiq shahar hokimligi va barcha toifadagi harbiy xizmatchilar ishtirokida 550 kvadrat metr maydonda “Kursantlar bogʻi” tashkil etilib, 3 500 dona mevali daraxt koʻchatlari ekilib, koʻrkam bogʻ yaratildi.

Islomjon QOʻCHQOROV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti