Markazda ichki ishlar xodimlari bilim va malaka oshirmoqda

0
617

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslarida Samarqand viloyatida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirib kelmoqda.

Bugungi kunga qadar 1200 yaqin IIV xodimlari malaka oshirish kurslarida tahsil olishdi.
Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligidan tajribali rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda masofaviy o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari interfaol hamda ko‘rgazmali materiallardan foydalangan holda o‘tkazilmoqda.

Shuningdek Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi o‘qituvchilari tomonidan ham taktika, topografiya, otish va saf tayyorgarligi hamda jangovar tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkillashtirilgan bo‘lib, unda ichki ishlar xodimlari o‘z bilim, malakalari va ko‘nikmalarini yanada oshirmoqdalar.

Kichik serjant Xayrullo O‘LMASOV