Yurtimizda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni keng nishonlanmoqda

0
1386

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida mudofaa vaziri oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev O‘zbekiston mudofaa vazirining soha xodilariga bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. Vazirlikning birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi rahbariyati va aʼzolari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va boshqa mehmonlar ishtirok etgan tadbirda taʼkidlanganidek, 12 mingdan ortiq aʼzoni oʻzida jamlagan birlashtirgan qoʻmita Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining toʻliq bandligini taʼminlash, xodimlarning oʻz malakasini oshirib borishiga koʻmaklashish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, sogʻlomlashtirishni tashkil qilish, dam olish, sanatoriy-kurortlarda davolanishi kabi masalalarida samarali faoliyat olib bormoqda.

Xususan, o‘tgan davr mobaynida 100 nafarga yaqin yoshlar ish bilan taʼminlangan, 200 nafarga yaqin “ayollar daftari”da turuvchi xotin-qizlarga har tomonlama koʻmak berilgan, 100 nafarga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslarga ham moddiy, ham maʼnaviy yordam koʻrsatilgan, 2 ming nafardan ortiq oʻgʻil-qizlarning yozgi taʼtil vaqtida vazirlik oromgohlarida hordiq chiqarishi taʼminlangan.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasining qoʻshinlar hayoti, faxriylar va harbiylar oilalarining ijtimoiy muhofazasi, yoshlar tarbiyasidagi oʻrni va taʼsirini alohida eʼtirof etib, fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning huquqlari himoyasi hamda pensiya yoshidagi xodimlar, nogironligi bor shaxslar, ishlovchi ayollar va yoshlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish yoʻlidagi xizmatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Shundan keyin mudofaa vaziri hamda oʻrinbosarining tegishli buyruqlari bilan fidoyiligi va faolligi uchun bir guruh aʼzolar, ishchi-xizmatchilar esdalik va koʻkrak nishonlari, faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Bayram tadbiri Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti