Huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

0
1256

Markaziy harbiy okrugda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuniga bagʻishlab garnizonlardagi harbiy prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mutaxassislari ishtirokida profilaktik tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Xususan, Jizzaxda “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz”, Samarqandda ʼDavlat va harbiy sirlarni saqlash — har bir harbiy xizmatchining majburiyati” va “Armiya saflarida narkotik moddalarga oʻrin yoʻq” toʻgʻrisida, Kattaqoʻrgʻonda “Firibgarlik — botil yoʻl bilan oʻzganing mol-mulkini oʻzlashtirish jinoyatdir”, Navoiyda “Harbiy xizmatchilar tomonidan xizmat joylarida gazdan zaharlanish va boshqa koʻngilsiz hodisalar profilaktikasi” mavzulari yuzasidan soha vakillari ishtirokida mashgʻulotlar tashkil qilindi.

Tadbirda koʻzlangan maqsad, harbiy xizmatchilar va ishchi xizmatchilar tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, harbiy xizmat oʻtashning xavfsiz sharoitini taʼminlash, oʻlim va jarohatlanish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

Yakunda tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi mas’ullari, Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi hamda Toshkent viloyati harbiy prokuraturasi hamkorligida Toshkent viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi va boʻlimlari xodimlari ishtirokida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etildi.