Farg‘ona va Namanganda avlodlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

0
572

Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona va Namangan garnizonida avlodlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy faxriylar o‘z izdoshlari bilan uchrashib, dildan suhbat qurishdi.

Tadbirda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faxriylarning o‘giti va maslahatlari muhim dasturil amal bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tadbirlarda faxriylarning doimiy ishtiroki ta’minlanishi harbiy xizmatchilarning faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng faxriylar harbiy qism mehmoni bo‘lishdi. Harbiy qismdagi xotira maydoniga gullar qo‘yilib, o‘tganlar ruhi yod etildi.

Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tematik sinfxonalarini ko‘zdan kechirgan keksa avlod vakillari amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etishdi.

Namangan garnizonidagi “Gʻurumsaroy” dala o‘quv maydonida barpo etilgan merganlar tayyorlash markazi bilan tanishish, merganlar bilan suhbatlashish faxriylarga ajoyib zavq ulashdi.

Bunday tadbirlar o‘tkazilishi okrug qo‘shinlarida davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati