“Yashil makon” umummilliy loyihasi joylarda davom etmoqda

0
1176

Ta’kidlash kerakki, aholi hayot sifati – umumlashtiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya boʻlib, nafaqat moddiy neʻmatlar va xizmatlarni isteʻmol qilish darajasini (turmush darajasini), balki maʻnaviy ehtiyojlarni qondirish, salomatlik, umr koʻrish davomiyligi, atrof-muhit ekologik sharoitlarni, axloqiy-psixologik iqlim, maʻnaviyatni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda aholi hayoti sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jumlasida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni taʻkidlab oʻtish kerak.

Shu kabi tadbirlar doirasida bugun, 8-noyabr kuni Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi bogʻiga manzarali daraxt va mavsumiy gular ekildi.

Loyiha doirasida qoʻmondon va barcha toifadagi harbiy xizmatchilar ishtirokida kuz-qish mavsumiga doir turli xildagi daraxt koʻchatlari ekildi, mavjudlarga esa ishlov berilib, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bu kabi obodonlashtirish ishlari respublikamiz boʻylab qoʻmondonlikning barcha harbiy qismlarida yuqori ruhda davom etmoqda.