Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

0
967

Harbiy prokuratura organlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida mudofaa ishlari organlari rahbarlari bilan korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot-profilaktika tadbirlari davom ettirilmoqda.

Bunday tadbirlar Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari va ularning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari ishtirokida ham boʻlib oʻtdi.

Ochiq muloqotlarda jinoyatchilik, jumladan, firibgarlik, pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati bilan bogʻliq jinoyatlar uchun nazarda tutilgan javobgarlik va ularning huquqiy oqibatlari haqida soʻz yuritildi.

Suhbatlarda mulohaza yuritilgan mavzular boʻyicha berilgan savollar yuzasidan hayotiy misollar bilan qonuniy asoslarda huquqiy tushuntirishlar berildi.