Harbiy qismda “Yongʻin xavfsizligi profilaktikasi” mavzusida mashg‘ulot tashkil etildi

0
1195

Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida garnizon Yongʻin nazorati inspeksiyasi hamda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Yongʻin xavfsizligi profilaktikasi” mavzusida amaliy-koʻrgazmali mashgʻulot oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchilarga yongʻin xavfsizligi qoidalari eslatilib, yongʻin chiqish xavfini keltirib chiqaruvchi elektr-gaz jihozlari, xizmat joylari va yashash xonadonlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda isitish moslamalaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, mashgʻulot ishtirokchilari amaliy jarayonlarda qutqaruvchilarning yongʻin holatlaridagi harakatlari, yongʻin oʻchirish avtomobili va anjomlari bilan yaqindan tanishib, zarur bilimlarga ega boʻlishdi.

Bunday koʻrgazmali mashgʻulotlarning oʻtkazilishi yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari toʻgʻrisida umumiy tushunchasi va bilimlarini oshirish hamda yongʻin xavfsizligini taʻminlash tizimiga befarq boʻlmaslik yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati