Jizzax viloyatining olis hududida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
1047

Doʻstlik tumanining olis hududi hisoblangan “Saritepa” mahallasida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi. Tadbirda garnizonlardagi harbiy qismlar, viloyat mudofaa boshqarmalari, tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda bir qator hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkiloti hamda hududlarda istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida tuman faollari hamda Jizzax garnizonidagi harbiy xizmatchilar tomonidan mahalladagi oʻzgarishlar, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istagini bildirgan yoshlarga beriladigan imtiyoz va imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng, mahalliy yoshlar uchun harbiy orkestr sadolari va kuy-qoʻshiqlari ila harbiy-vatanparvarlik festivallari boshlandi.

Festival doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan koʻrgazmali qoʻl jangi sahnasi, jangovar harbiy texnikalar hamda qurol-aslahalarning koʻrgazmasini namoyish etildi. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan sport oʻyinlari va tanlovlar barchaga birdek manzur boʻldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati