Iskandar Rahmon xotirasi yod etildi

0
952

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasida Qurolli Kuchlar faxriysi marhum Iskandar Rahmon xotirasiga bag‘ishlangan kecha tashkil etildi. 

Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, el suygan sa’natkorlar, Oʻzbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash respublikasi “Nuroniy jamgʻarmasi”, Mudofaa vaziriligi Faxriylar kengashi a’zolari, Harbiy tibbiyot akademiya kursantlari, harbiy xizmatchilar, Markaziy harbiy klinik gospitali muddatli harbiy xizmatchilari ishtikor etdi. 

So‘zga chiqqanlar Iskandar Rahmonning kitoblari, yozgan maqolalari to‘g‘risida yoshlarga ma’lumot berildi. Yozuvchining tibbiyot sohasi yozgan kitoblari barcha boʻlajak yosh tibbiyot ofitserlari, kursantlarga qiziqish uygʻotdi.

Iskandar Rahmon 1937-yil 20-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1955-yili Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi Obliq qishlog‘ida o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ning davolash fakultetida tahsil olgan, 1961-1987 yillarda Qurolli Kuchlar safida harbiy shifokor bo‘lib xizmat qilgan.

Uning harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi yigirmadan ziyod nasriy, nazmiy toʻplamlari — “Mehribonlar”, “Darding bilan yashayman, dunyo!”, “Oʻzbekistonlik shifokorlar urush yillarida”, “Olovli guldasta”, “Oq libosli haloskorlar”, “Harbiy shifokor xazinasi”, “Ismi ʼQʼ harfli qarindosh”, “Asolat yulduzi”, “Umr zarvaraqlari”, “Shonli yoʻl saboqlari”, “Nasaflik Doʻxtirbobo” kabi hujjatli qissalar, hikoyalar, ocherklar chop etilgan.

Shuningdek, “Yoʻllardagi gullar”, “Oʻzbekiston askarlarimiz!”, “Mard mehri — Vatan mehri”, “Jonim fido Vatanga!”, “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni!”, “Bayotlarim — qanotlarim”, “Asra bolam oʻzingni!”, “Bolajonim, hushyor boʻl!”, “Harbiycha alifbo”, “Vatanga qasamyod” nomli toʻplamlari sheʼriyat muxlislari tomonidan iliq kutib olingan.