Vodiy viloyatlarida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi bir qator tadbirlar oʻtkazildi

0
966

Oʻsib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan chuqur bilimga ega boʻlishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni toʻliq oʻzlashtirishlarida esa yurtimiz himoyachilarining ham oʻrni beqiyos.

Shu maʼnoda, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona, Andijon va Namangan garnizonlaridagi harbiy qismlarda oʻquvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” va “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarning harbiy qism faoliyati bilan tanishishlari uchun harbiy qism boʻylab sayohat tashkil etilib, qurol-yorogʻlar hamda harbiy texnikalar namoyishi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, yoshlar maxsus kompyuterlashtirilgan otish trenajyor xonalarida mashgʻulotlarda ishtirok etdi. Ushbu “Ochiq eshiklar kuni” “Uch avlod uchrashuvi”ga ulanib ketdi. Qurolli Kuchlar faxriylarining boy hayotiy tajribasi, kasbiy faoliyati va qiziqarli voqelari va samimiy savollarga javoblari yoshlarning tadbirga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshishiga xizmat qildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, faoliyatda erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati