Ruhiy holatning barqarorligi xizmat sifatini oshiradi

0
586

Harbiy xizmatchi albatta doimo o‘z ustida ishlashi, jangovar tayyorgarlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishi zarur. Shu bilan bir qatorda harbiy xizmatchining axloqiy-ruhiy tayyorgarligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar, harbiy psixolog va mas’ul ofitserlar ishtirokida “Psixologik ta’sir etishning mohiyati, ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish profilaktikasi” mavzusida mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy psixolog tomonidan mavzuga doir bir qator kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Xizmat faoliyati va turmushda uchraydigan turli xil holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bu kabi mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir qilibgina qolmasdan, axloqiy-ruhiy tayyorgarlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ham xizmat qiladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati