Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining bilimlari mustahkamlandi

0
1778

Qashqadaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug masʼul ofitserlari tomonidan viloyatning barcha tumanlarida joylashgan maktablarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan oʻquv-uslubiy yigʻinlar tashkil etildi.

Sektorlar kesimida uch kun davom etgan mashgʻulotlarga 16 ta tuman va shaharlarning barcha chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari ishtiroki taʼminlandi.

Yigʻin davomida ustozlarning oliy harbiy bilim yurtlari hamda “Temurbeklar maktablari”ga oʻqishga kirish borasidagi tushunchalari yanada mustahkamlandi.

Bugungi kunda yoshlar orasida harbiy xizmatchi boʻlishga nisbatan ishtiyoq anchayin yuqori darajada ekanini harbiy taʼlim maskanlariga oʻqish istagidagi talabgorlar sonidan ham koʻrish mumkin. Sohaga doir dastlabki bilimlarni oʻquvchilar maktablardagi chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani ustozlaridan olishadi. Shu nuqtayi nazardan, mazkur soha oʻqituvchilarining bilim-koʻnikmalarini mustahkamlash dolzarb masalalardan biridir.

Yigʻin davomida mutaxassislar tomonidan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy taʼlim muassasalariga hamda “Temurbeklar maktablari”ga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish talablari, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisida maʼruzalar qilindi. Mavzu doirasida tarqatma materiallar, bukletlar topshirilib, ushbu manbalarni dars davomida samarali qoʻllashlari borasida koʻrsatmalar berildi.