Navoiyda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining tantanali yopilishi boʻlib oʻtdi

0
882

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda armiya bilan birgalikda harbiy-maʼmuriy sektorlar ham oldingi qatorlarda boʻlishi va bu borada harbiy okruglar bilan hamkorlikda yosh vatanparvarlar yigʻinini izchil davom ettirish vazifasini belgilab bergan edi.

Ushbu vazifa ijrosini izchil davom ettirish maqsadida bu gal Navoiy viloyati hokimligi hamda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tashabbusi bilan Navoiy viloyatidagi harbiy qismda navoiylik 100 nafar yoshlar uchun “Jasorat maktabi”  oʻquv yigʻini boshlagan edi.

Oʻn kun davom etgan yigʻinda 100 nafar yoshlar 6 ta, yaʼni “Yosh sartaroshlar”, “Yosh santexnikchilar”, “Yosh mebelchilar”, “Yosh akfachilar”, “Maishiy texnikalarga xizmat koʻrsatish”, “Avtotexnik xizmat koʻrsatish” guruhlariga ajratilib, ularga oʻz yoʻnalishi boʻyicha kasb-hunar oʻrgatildi.

Bundan tashqari, oʻn kun davomida yoshlar jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari va tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha mashgʻulotlarga jalb qilingan boʻlsa, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida qoʻmondon va viloyat sektor rahbarlarining kubogi uchun turli sport musobaqalari tashkil etildi.

Ushbu mavsumning tantanali yopilish marosimida viloyat hokimligi, okrug qoʻmondonligi, DXX viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlar ishlari agentligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosimda 100 nafar yoshlarga egallagan mutaxassisligi boʻyicha sertifikatlar hamda turli sport musobaqlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan yoshlarga musobaqa tashkilotchilarining kubog, dimlom va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati