Oliy harbiy bilim yurti ishchi guruhi “Jaloliddin Manguberdi” harbiy-akademik litseyiga tashrif buyurdi

0
2153

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan “Jaloliddin Manguberdi” nomli harbiy-akademik litseyga ilmiy-metodik yordam koʻrsatish maqsadida Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti biriktirilgan.

Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida 1-2-noyabr kunlari oliy harbiy bilim yurti boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruh “Jaloliddin Manguberdi” nomli harbiy akademik litsey oʻquv-moddiy bazasi bilan tanishish hamda ushbu litseyga ilmiy-metodik yordam berish uchun tashrif buyurdi.

Harbiy akademik litsey va OHBY oʻrtasida hamkorlik memarandumi imzolanib, litseyda harbiy bilim yurtining oʻquv va xizmat faoliyatini targʻib etuvchi oʻquv sinfi jihozlandi va tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bundan tashqari Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti bosmaxonasida 300 ga yaqin oʻquv adabiyotlari chop etilib, harbiy-akademik litsey fondiga topshirildi. Bilim yurti professor oʻqituvchilari tomonidan litsey oʻqituvchilari va tinglovchilariga master-klass mashgʻulotlari oʻtkazildi.