Qoʻshinlarda intizom holati tahlil qilindi

0
1518

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qism madaniyat markazida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida “Biz jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida oʻtgan davr mobaynidagi intizom holati tahlil qilindi.

Tadbirda Toshkent harbiy prokuraturasi, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi vakillari va harbiy qism komandirlari ishtirok etdi.

Videokonferens aloqasi shaklida tashkil etilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar harbiy xizmatchilar orasida turli huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari haqida fikir va mulohazalar bildirdi.

Tanqidiy tahlil va ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan davra suhbatida videoaloqa orqali ham harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan toʻlaqonli javoblar oldi.

Tadbir soʻnggida, kelgusida amalga oshiriladigan rejalar kelishib olindi hamda qoʻmondonlik matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan profilaktik video film namoyish etildi.