Jizzaxlik yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbir

0
869

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarda vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga dahldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida Jizzax shahrida targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, harbiy xizmatchilarning navbatdagi manzili Jizzax shahridagi “Zargarlik” mahallasi bo‘ldi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish to‘g‘risida bergan ma’lumotlari, yoshlarning Vatan himoyachisi bo‘lish, sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilish kabi hislarni uyg‘otdi.

Tadbirda qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, qo’l jangi chiqishlari namoyish etilib, harbiy orkestr jamoalarining ona Vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlarini ijro etilgani yoshlar uchun unutilmas onlarni tuhfa etdi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati