Vatan oldidagi koʻp yillik halol mehnat unutilmaydi

0
1897

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyida “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tadbir boʻlib oʻtdi. Unda faxriy mehmonlar, harbiy xizmatchilar, kursantlar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida soʻz olganlar “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi aʼzolarining bosib oʻtgan hayot yoʻli hamda soʻnggi yillarda ularga berilayotgan eʼtiborni eʼtirof etishdi.

Barchamizga maʼlumki, 2017-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taʼsis etilgan “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bugungi kungacha oʻz egalariga taqdim etib kelinmoqda. Ushbu koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida masʼuliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalarning bir qanchasi taqdirlandi.

Ushbu tadbirda ham iste’fodagi general-mayor Mahmud Oʻtaganov va Raʼno Saʼdullayeva ham birinchi darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoniga loyiq koʻrildi. Uni “Nuroniy” jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari Sharof Ubaydullayev tantanali topshirdi. Tadbir motiratorlari tomonidan ishtirokchilarga bu ikki insonning Vatan oldidagi koʻp yillik halol mehnati qisqa maʼruzalar orqali oʻqib eshittirildi.

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti