Harbiy xizmatchilar amaliy mashgʻulotlarda mahoratlarini oshirmoqda

0
1972

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni rahbarligidagi kompleks tekshiruv yuqori saviyada boʻlib oʻtmoqda. Mazkur tekshiruvlarning keyingi bosqichlari dala-oʻquv maydonida davom etib, unda harbiy xizmatchilar amaliy mashgʻulotlarda kasbiy salohiyatlarini mustahkamlash uchun oʻz bilim va imkoniyatlarini namoyon etishyapti.

Tekshiruvning ikkinchi bosqich jarayonlari jangovar shaylikni yuqori darajaga keltirish bilan boshlandi. Bunda tinchligimiz posbonlari harbiy qism hududidan dala-oʻquv maydonigacha uzoq masofalik marsh yurishni amalga oshirgan holda manzilga yetib kelib, birin-ketin mashgʻulotlarni bajarishga kirishdi. Dastlab, ishtirokchilar otish mashgʻulotlarida uzoq va yaqin masofadagi nishonlarni moʻljalga olgan holda, merganlik mahoratlarini yana bir bor sinovdan oʻtkazdilar.

Texnik tayyorgarlikda harbiy texnikalarni toʻgʻri boshqarish va oʻz vaqtida manzilga yetib kelish shartlari bajarilgan boʻlsa, zirhli texnikalarda nishonlarga qarata bexato oʻt ochish vazifasi yuklatildi. Tadbirlarda maxsus va taktik mashgʻulotlar orqali harbiy xizmatchilarning jismoniy holati qay darajada ekanligi ham aniqlandi.

Ushbu kompleks tekshiruvlarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, maliy mashgʻulotlar kunduzi va tunda ham olib borilyapti. Bunda esa barcha sinovlarda toblanayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi yanada oshmoqda.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati