Bir guruh oʻquvchilarga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonlari topshirildi

0
1493

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida yurtimizda soʻnggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday sa’y-harakatlardan biri “ʼVatan tayanchi» harbiy-vatanparvarlik otryadi tashkil etilganidir.

Kuni kecha Fargʻona tumanidagi 100 ga yaqin harakat aʼzolariga aʼzolik koʻkrak nishonlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy orkestr jamoasi, taʼlim muassasalarining fidoyi faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Har bir yosh ushbu koʻkrak nishonni qabul qilib olar ekan yurtimiz koriga yaraydigan farzandlar boʻlishga va’da berishdi.

Xalq va armiya yakdilligini ifoda etuvchi bu kabi tadbirlar barcha harbiy okruglarda davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati