Harbiy qismlarda yoshlar uchun tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi

0
1718

Respublikamizda ilk marotaba Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda shahar va tumanlarda istiqomat qilayotgan yoshlar uchun tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu darslar yoshlarni harbiylik kasbga yoʻnaltirish maqsadida tashkil etilayotgan bo‘lib, umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari va mahallarda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar orasidan Oliy harbiy taʼlim muassalariga oʻqishga kirish ishtiyoqini bildirganlar saralab olingan. 

Tayyorlov kurslariga hududlardagi malakali oʻqituvchi va harbiy ustozlar jalb etilgan bo‘lib, ular matematka, fizika, ona-tili va adabiyot, tarix fanlaridan dars bermoqda.