Qurolli Kuchlar akademiyasida ilmiy konferensiya oʻtkazildi

0
1535

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida “Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara nazoratini takomillashtirish istiqbollari” mavzusida ilmiy konferensiya oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, DXX akademiyasi, Davlat bojxonasi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutlarining professor oʻqituvchilari, tinglovchilar hamda kursantlar ishtirok etdi.

Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi ilmiy tadbirda qatnashayotgan chegara nazorati mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, tinglovchilar va kursantlarni bilim, koʻnikma va malakasini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara nazoratini takomillashtirish boʻyicha tajriba va maʼlumotlar bilan almashish uchun keng munozara maydonini yaratish hamda muhokamalar natijalari boʻyicha amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Konferensiya davomida maʼruzachilar tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara nazoratini takomillashtirish istiqbollari”, “Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlashda profayling metodidan samarali foydalanish”, “Rivojlangan xorijiy davlatlarning chegara nazoratining oʻziga xosligi va unga qoʻyiladigan zamonaviy talablar” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti