“Jasorat maktabi” navoiylik yoshlar uchun imkoniyatlar eshigini ochmoqda

0
897

Oldin xabar berganimizdek, Navoiy garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar yoshlar ishtirokida 10 kunlik “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini boʻlib oʻtmoqda. Yigʻin dasturiga asosan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va sharoitlar yaratilmoqda.

Har kuni erta tongdan yoshlar ishtirokida tonggi badantarbiya, dunyo va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, jangovar va saf tayyorgarligi kabi oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi belgilangan.

Shuningdek, yoshlarning bandligini taʼminlashga qaratilgan amaliy mashgʻulotlar Navoiy shahridagi ishga marhamat monomarkazida oʻtkazilib, yoshlar unda santexnika, chilangarlik, maishiy texnika qurilmalarini taʼmirlash, kompyuter savodxonligi, avtoservis xizmat koʻrsatish, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini egallashmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati