Bilimlar amaliyotda sinalmoqda

0
2487

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida professional harbiy xizmatchilarning bilimlarini mustahkamlash, jangovar tayyorgarlik boʻyicha koʻnikmalarini yanada oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Real holatga yaqinlashtirilgan oʻtkazilayotgan amaliy mashgʻulotlarda esa nazariy bilimlarning yanada mustahkamlanishiga zamin yaratmoqda.

Shu kabi maqsadlar yo‘lida Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlik shaxsiy tarkibi Toshkent viloyatida joylashgan dala oʻq otish maydonida otish tayyorgarligi mashgʻulotidan nazorat sinovlarini topshirdi.

Mashgʻulot davomida turli oʻquv nuqtalar tashkil etilib, unda mutaxassis ofiserlar tomonidan amaliy otish meyorlari, jangovar qurollarning toʻliq va notoʻliq qismlarga ajiratish, xavfsizlik qoidalari hamda mavjud nazariy bilimlari mustahkamlandi.

Belgilangan masofalardan turli xildagi nishonlarga qarata oʻq uzgan Vatan himoyachilarining merganlik mahoratlari mashgʻulot rahbarlari tomonidan adolatli baholanib borildi.