Sirdaryoda tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ning uchinchi mavsumi yakunlandi

0
1198

Sirdaryo viloyatidagi harbiy qismda 10 kunlik “Jasorat maktabi” harbiy oʻquv yigʻinining uchinchi mavsumi ishtirokchilarini tantanali kuzatish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda Toshkent harbiy okrug qoʻmondonligi, Sirdaryo viloyati hokimligi va viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi masʼul xodimlari, Faxriylar kengashi aʼzolari, “Vatanparvar” tashkiloti va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tantanali marosimda oʻquv yigʻini davomida “Ishga marhamat” monomarkazida egallagan kasb-hunari, IT-sohasi hamda tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishlari boʻyicha mashgulotlar hamda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi uchun “Harbiy estafeta”, viloyat hokimi kubogi uchun “Mini-futbol” hamda viloyat Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar tashkilotchilarining kubog, medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbirda soʻz olganlar yoshlarning kelgusi faoliyatlarida ulkan muvafaqqiyatlar tilab, harbiy qismda oʻrgangan tartib-intizomi, egallagan kasb-hunarlaridan va eng muhimi, hukumatimiz tomonidan ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini tilashdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati