O‘ksik ko‘ngillarga shodlik ulashib

0
535

Mehr-muruvvat hamma zamonlarda ulug‘langan. Inson ko‘p narsadan to‘yishi mumkin, faqat mehrdan emas. Ayniqsa, Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilariga mehr ulashish savob amallarning eng afzallaridan biri hisoblanadi.

Murg‘aklarning o‘ksik qalbiga xursandchilik baxsh etish, ularning diliga xushnudlik ulashish maqsadida Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi harbiy qism hamda Samarqand harbiy prokuraturasi hamkorligida Samarqand shahar 1-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurildi. Ko‘ngillari o‘ksik bolajonlarga xursandchilik ulashish maqsadida Samarqand shahri bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida bolalar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida vatanimiz sarhadlarida sergak va hushyor xizmat qilayotgan alp o‘g‘lonlarning mashg‘ulotlari hamda ular foydalanayotgan qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyishini tomosha qildilar.

Konsert dasturi ular qalbiga olam-olam quvonch baxsh etdi. Yoshlarimizning har tomonlama yetuk, komil, go‘zal xulqli, mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bo‘lib voyaga yetshlariga ko‘maklashish maqsadida ularga ilm ummonining kaliti kitoblar sovg‘a qilindi.

– Bugungi kun mening yodimdan chiqmaydi. Mening yaqin insonlarim doimo men bilan birga ekan, – deydi tarbiyalanuvchi Sanobar Ataxonova.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti